Toshkentdagi xalqaro konferensiya tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

Jamiyat 16:42 / 13.07.2021 5195

Toshkentda 15–16 iyul kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tishi hamda shu munosabat bilan Tashkent City atrofidagi yo‘llar avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. «Toshshahartransxizmat» xalqaro tadbir sabab o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan avtobuslar haqida ham ma'lumot berdi.

15–16 iyul kunlari 53, 64, 65, 141-sonli avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi. Ular quyidagi chizmadagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:

Toshkent shahar IIBB tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilishini ma'lum qilgan:

  • Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

«Toshshahartransxizmat» keltiriladigan noqulayliklar uchun so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: