Qayd etilishicha, joriy yil olti oy davomida Surxondaryo viloyatida 153 ta YTH sodir bo‘lgan. Bu 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan 20 taga ko‘p yoki 15 foizga oshgan. (2020 yilda 133 ta – 2021 yilda 153 ta).
YTHda vafot etganlar soni bir nafar kam bo‘lgan. (2020 yilda 58 nafar – 2021 yilda 57 nafar)
Tan jarohati olganlar soni 26 taga yoki 27,7 foizga oshgan (2020 yilda 94 nafar – 2021 yilda 120 nafar).
Tumanlar kesimida eng ko‘p YTH Denov tumanida sodir bo‘lgan – 21 ta (o‘tgan yil 16 ta). Eng kam Qiziriq va Muzrabot tumanida sodir bo‘lgan – 1 ta.
Sherobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda eng ko‘p odam vafot etgan – 11 nafar. Termiz, Qiziriq va Muzrabot tumanlarida sodir bo‘lgan YTHda eng kam odam vafot etgan – 1 nafardan.
YTH sodir bo‘lishi, ularda odamlar vafot etishi va jarohat olishi bo‘yicha o‘tgan yilga taqqoslaganda Termiz shahri eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.
Bu shaharda 2020 yilda 10 ta, 2021 yilda 21 ta YTH sodir bo‘lgan (110 foizga oshgan). 2020 yilda YTH oqibatida 1 kishi, 2021 yilda 2 kishi vafot etgan (200 foizga oshgan). 2020 yilda 13 kishi, 2021 yilda 21 kishi jarohat olgan (61,5 foizga oshgan).