Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 iyul kuni Shahrisabz tumani «Toshbuloq» MFYda yashovchi A.A. Qamashi tumani «Mang‘it» MFYda joylashgan oshxona oldida turgan Qamashi tumani «O‘zbekiston» MFYda yashovchi B.M.ga tegishli bo‘lgan «Damas» mashinasini olib qochib ketgan. So‘ng Qamashi tumani «Mang‘it» MFY hududida boshqaruvini yo‘qotib, «Damas» ag‘darilib ketgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Damas»ning egasi uni qarovsiz holda qoldirgan. A.A. uning kaliti o‘zida qoldirilganidan foydalanib, mashinani olib qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.