O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Tokio olimpiadasiga to‘liq tarkibda yo‘llanma oldi

Sport 09:41 / 14.06.2021 7472

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ma'lum qilishicha, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) e'lon qilgan reytingga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Tokio olimpiadasiga to‘liq tarkibda yo‘l oladi. IWF tomonidan O‘zbekiston terma jamoasi uchun 4ta yo‘llanma berilgan.

Toshkent shahrida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e'lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 olimpiadasiga 2+2 ko‘rinishida 4ta yo‘llanma berilgan edi. Jamoa berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali erkaklar va ayollar 4ta vazn bo‘yicha: Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘rayev (-109 kg), Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullayeva (-76 kg) Tokio-2020 yo‘llanmalariga sazovor bo‘ldi.

Reyting orqali yo‘llanma olgan barcha atletlar bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: Tokyo-2020_Absolute-Ranking-Liss

Ko‘proq yangiliklar: