Mo‘g‘uliston prezidenti saylovlari natijalari e'lon qilindi
Mo‘g‘uliston prezidenti saylovlarida hukmron Mo‘g‘uliston xalq partiyasi raisi, 52 yoshli Uxnaagiyn Xurelsux g‘alaba qozondi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda prezidentlik muddati bilan bog‘liq konstitutsion o‘zgarishlardan keyin o‘tgan birinchi prezident saylovlarida Xurelsux 776 ming ovoz to‘plagan. Uning raqiblari Dangaasurengiyn Enxbatga 235 ming, Sodnomzunduyn Erdenega esa 67 ming saylovchi ovoz bergan.
Saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 2 mlndan ziyod mo‘g‘ulistonlikning 1,17 mlndan ko‘prog‘i ishtirok etgan va davomat 53 foizga yaqinni tashkil qilgan.
Mamlakat konstitutsiyasiga 2019 yilda kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, prezident bir muddat 6 yilga saylana oladi.
Shu sababli 2017 yilda mamlakat prezidenti etib saylangan Xaltmaagiyn Battulga joriy saylovlarda ishtirok eta olmagan.
Mavzuga oid

17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi

20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

21:54 / 23.12.2024