Maqsadiga oson yetmoqchi bo‘lgan qashqadaryoliklar firibgarlar tuzog‘iga tushdi

Jamiyat 11:36 / 08.06.2021 1884

Qashqadaryolik fuqarolar chet davlatlardagi oliy ta'lim muassasalariga kiritaman degan firibgarlar tuzog‘iga tushdi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qarshi shahar «Ravoq» MFYda yashovchi F.Q. va Muborak tumani «A.Navoiy» MFYda yashovchi N.D. 2021 yil 25 may kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 7-dahasida yashovchi R.D. N.D.ga «Sizni Qozog‘iston Respublikasida joylashgan universitetga o‘qishga kiritib qo‘yaman, oldin kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish kerak va o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish uchun xarajatlari bor», — deb MChJ hisob raqamiga 2019 yil 30 avgust va 4 oktabr kunlari jami 6 mln so‘m pullarni to‘lov qildirishga erishgan.

Qolaversa, 2020 yil 11 iyun kuni Qarshi shahrida yana 600 AQSh dollar mablag‘ni olgan. Bundan tashqari, R.D. o‘tgan yil 11 iyun kuni F.Q.ni o‘g‘lini ham Qozog‘iston Respublikasida joylashgan universitetga joylashtirib qo‘yishga va'da berib, oldin kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish bahonasida, jami 1400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda avvalroq ham o‘qishga kiritaman degan firibgarlar qo‘lga tushgandi.

Ko‘proq yangiliklar: