UzbekLife xorijning go‘zal manzillariga sayohatlarni davom ettiradi. Bu gal Turkiyadagi kolumnistimiz bilan Istanbulning Taksim maydoni va unga yondosh joylashgan Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab sayohat qiling.
Har yili yuzlab filmlar suratga olinadi
Taksim maydoni va unga yonma-yon joylashgan Istiqlol ko‘chasi Istanbuldagi eng mashhur va turistlarni hamisha o‘ziga jalb qiladigan sayyohlik markazi hisoblanadi.
Ushbu manzillar yilning to‘rt faslida ham xorijdan keluvchilarning e'tibor markazida bo‘lib keladi.
Maydon Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga bag‘shlangan yirik markazdir. Unga yondosh shaklda barpo etilgan Istiqlol ko‘chasi esa ham tarixiy, ham zamonaviylikni o‘zida aks ettirgani bilan ahamiyatli.
Istiqlol ko‘chasida dunyoning turli mashhur brend mahsulotlari, turk oshxonasining lazzatli taomlarini topasiz.
Ayni paytda bu ko‘cha turk seriallari suratga olinadigan asosiy povilonlardan biridir. Har yili bu yerda yuzlab filmlar tasvirga olinadi.
Istiqlol ko‘chasida muzeylar, bir-necha yuz yillikni o‘zida jamlagan tarixiy manzillar bor. Ushbu manzillar bir vaqtning o‘zida ham sayyohlarga hizmat ko‘rsatadi, ham Turkiya tarixidan hikoya qilib boradi.
Taksim maydoni va Istiqlol ko‘chasiga qilgan sayohatimizni UzbekLife’ning YouTube’dagi kanalida tomosha qiling.
Isfandiyor Burgutboyev
UzbekLife’ning Turkiyadagi kolumnisti