UZTELECOM'dan mobil internet gigabaytlarini kutib oling – foydali shartlarda yanada ko‘proq onlayn-so‘zlashuv!

Jamiyat 20:00 / 02.06.2021 11154

Barchamiz yozni yaxshi ko‘ramiz. Bu hayot yangi ritm va tezliklarni o‘z ichiga qamrab oladigan o‘zgacha dam. Ko‘proq aloqa, ko‘proq ko‘ngilxushlik, ko‘proq shodlik va bularning barchasini mobil Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu yozni yanada yorqinroq, esda qolarli va eng muhimi – FOYDALI qilish maqsadida UZTELECOM o‘z abonentlari uchun yoqimli yangilanishlarni tayyorladi!

2021 yil 1 iyundan boshlab UZTELECOM 30 kunlik Internet-paketlar qatoriga ulkan o‘zgarishlar kiritib, ularni yanada kattaroq, jozibaliroq va arzonroq qiladi!

Shunday qilib, o‘zgarishlarning asosiy xususiyati Internet-trafik hajmini hisoblashning yangi tizimiga o‘tishdir! Endi UZTELECOM megabayt emas, balki Gigabayt mobil Internetni yanada yoqimli va hamyonbop narxlar evaziga taqdim etadi! Yangilangan Internet-to‘plamlar qatori endi trafik hajmi 1 GB dan 75 GBgacha bo‘lgan 9 000 dan 110 000 so‘mgacha bo‘lgan 11 ta variantni o‘z ichiga oladi. Bundan buyon har bir Internet-paketni sotib olish megabaytlar narxida gigabaytlar sotib olish evaziga yanada foydali va jozibador bo‘ladi.

30 kunlik Internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy va yuridik abonentlar uchun mavjud. Internet-paketlar odatdagi usulda – USSD-buyruq, SMS-so‘rov yordamida, MyUZTELECOM mobil ilovasi va Abonentning shaxsiy kabineti orqali, shuningdek, call-markaz yoki UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari operatorlari yordamida faollashtiriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar Internet-to‘plamlarni «Mobil budjet» xizmati yoqilganda (*222# USSD-menyu orqali) faollashtirishi mumkin.

Muhim: Internet-paketning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ushbu guruhning keyingi Internet-paketi faollashtirilmasa, qolib ketgan gigabaytlar saqlanmaydi.

UZTELECOM bilan muloqot qiling, o‘zingizning tarixingizni yarating va yozgi yoqimli xotiralar bilan o‘rtoqlashing.

UZTELECOM – milliy operator.

Batafsil ma'lumotlar: uztelecom.uz/uz/yangiliklar/online-sozlashuv

Yagona call-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: