Avstraliyaliklarga Hindistondan qaytish taqiqlandi

Jahon 20:34 / 02.05.2021 6338

3 may kunidan boshlab Hindistonda 14 kun bo‘lganlarga Avstraliyaga kirish taqiqlanadi. Cheklovlar 15 may kuni qayta ko‘rib chiqiladi.

Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligida ta'kidlanishicha, ushbu qaror Hindistonda koronavirusga uchrab, hozirda karantinda bo‘lgan avstraliyaliklar ko‘pligi sababli qabul qilingan. “Hukumatga bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi”, deb aytgan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xant. Uning ta'kidlashicha, Avstraliya sog‘liqni saqlash tizimi butligi va karantin muhim hisoblanadi. Avvalroq Avstraliya Hindistondan barcha parvozlarni taqiqlab qo‘ygandi.

Mutaxassislarning baholashicha, hozirda Hindistonda 9 ming avstraliyalik yashaydi. Avstraliyalik shifokor Vom Sharmerning ta'kidlashicha, hukumatning ushbu chorasi Hindistondan qaytayotganlar soladigan xavfga nomutanosibdir. “Bizning oilalar Hindistondan ketishning birorta yo‘li yo‘qligi sababli u yerda tom ma'noda o‘lmoqdalar”, deb aytgan Sharmer.

Ayni vaqtda Hindistonda koronavirus bilan o‘ta og‘ir vaziyat kuzatilmoqda. Mamlakatda o‘tgan hafta har kun 300 mingdan ko‘proq kunlik kasallanish holati qayd etilgan. Avstraliya virusning mamlakatga kirishi oldini olish uchun pandemiya boshidan beri bir qator qat'iy choralar ko‘rgan. Mamlakatda kasallanish holatlari deyarli qayd etilmayotgani va virusdan o‘limlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha kam bo‘lganiga qaramay, bu boradagi keskin siyosat ko‘plab avstraliyaliklarni yurtlariga qaytish imkonidan mahrum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: