Crew Dragon kemasi 4 fazogir bilan birga koinot stansiyasiga uchirildi
23 aprelda NASA koinot agentligi va SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasi tomon Crew Dragon kemasini uchirdi. Bu Crew Dragon’ning fazogirlar bilan birga ikkinchi parvozi hisoblanadi.

Foto: NASA
Kema fazoga Floridadagi kosmodromdan Falcon 9 raketasida chiqarildi. E'tiborlisi, ushbu parvoz raketa tashuvchining pog‘onasi va kema qayta ishlatilgan tarixdagi birinchi fazoviy parvoz bo‘ldi.
Kema raketa startidan 12 daqiqa o‘tib undan ajralib, o‘zi mustaqil ucha boshlagan. Uning XKS bilan tutashishi 24 aprelga belgilangan.
Kema bortida 4 fazogir – NASA astronavtlari Sheyn Kimbro va Megan Makartur, yaponiyalik astronavt Akixiko Xoside va Yevropa koinot agentligi astronavti Toma Peske bor.
Liftoff of Falcon 9 and Dragon! pic.twitter.com/g6Oi8qwU2Y
— SpaceX (@SpaceX) April 23, 2021
Kema XKSga yetgach, stansiyadagi ekipaj a'zolari soni 11 nafarga yetadi. Hozirda u yerda NASA astronavtlari Mark Vande Xay, Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker, rossiyalik fazogirlar Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov, yaponiyalik astronavt Soiti Noguti faoliyat olib bormoqda. Bir necha kundan keyin Xopkins, Glover, Uoker va Noguti 2020 yil noyabrida ularni XKSga yetkazgan boshqa bir Crew Dragon kemasida Yerga qaytadi.
Mavzuga oid

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi

22:03 / 25.10.2024