Crew Dragon-8 kosmik kemasi XKSdan muvaffaqiyatli qaytib keldi
Kosmik kema rossiyalik kosmonavt va uch nafar amerikalik astronavt bilan Florida shtatidagi Pensakola shahri yaqinida okean suviga qo‘nishni amalga oshirgan.

Foto: NASA
Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon-8 kosmik kemasi rossiyalik kosmonavt va uch nafar astronavt bilan Florida shtatidagi Pensakola shahri yaqinida okean suviga qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi NASA.
Ekipaj kosmosda 236 kun bo‘lgan. Shunday qilib, NASA astronavtlari Mettyu Dominik, Maykl Barratt va Janett Epps, shuningdek, «Roskosmos» kosmonavti Aleksandr Grebenkin Xalqaro kosmik stansiyadagi (XKS) yetti oylik missiyasini yakunladi.
Ekipaj NASA’ning Xyustondagi Kosmik markaziga yetkaziladi, bundan oldin ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
Crew Dragon kemasi Xalqaro kosmik stansiyani 24 oktyabr kuni soat 00:05 da tark etgan. Kemaning ajralishi bir necha bor qoldirilgan edi. Avvaliga u 7 oktyabrda XKS ajralishi, ekipaj esa ertasi kuni Yerga qaytishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng, jarayon 8 oktyabrga, keyinroq 10 oktyabrga ko‘chirildi.
Crew Dragon kemasi XKSga 2024 yilning 4 mart kuni uchib borgandi.
Avvalroq «Roskosmos» davlat korporatsiyasining boshqariladigan «Soyuz MS-26» kosmik kemasi avtomatik ravishda Xalqaro kosmik stansiyaning «Rassvet» moduliga tutashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Transport kemasi bortida — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovchinin va Ivan Vagner, shuningdek, NASA astronavti Donald Pettit bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:53 / 07.03.2025
Starship raketasi ketma-ket ikkinchi marta sinov paytida portladi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

16:20 / 02.02.2025
SpaceX raketasi Starlink uchun 22 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi

18:21 / 30.01.2025