Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi:
- to‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;
- to‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);
- ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shohko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha (“Jasorat” haykali);
- ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Sharov Rashidov shohko‘chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko‘chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog‘i).
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raymiz", deyiladi xabarda.