Turkiyada qatorasiga uchinchi kun rekord darajada kunlik kasallanish qayd etilmoqda

Jahon 03:01 / 03.04.2021 7430

Turkiyada qatorasiga uchinchi kun rekord darajada kunlik kasallanish qayd etilmoqda. Oxirgi sutkada mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 40 ming 806ta yangi holat qayd etilgan. Bu pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Turkish Minute nashrining xabar berishicha, 176 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Turkiyada 29 mart kuni kasallanish holatlari 32 mingdan ko‘proqni, keyingi kunlar esa 37 ming va 39 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘janing ta'kidlashicha, yangi kasallanish holatlarining 75 foizi virusning britancha shtammi bilan chaqirilgan. 

Umuman olganda Turkiyada pandemiya boshidan beri 3 mln 400 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egallamoqda.

Avvalroq dunyoda kasallanish holatlari soni 130 mlndan oshgani, oxirgi sutkada esa 686 mingdan ko‘proqni tashkil qilgani ma'lum qilingandi.

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus 10 aprelgacha dunyoning barcha davlatlarida aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanishiga umid bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: