O‘zbekistonda prezidentni internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ilgari prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud edi. Endi tegishli moddaga qo‘shimcha kiritildi.
Mavzuga oid

16:14 / 31.01.2025
“Farosatida nuqsoni borlarni jazolash” - Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi

18:12 / 27.01.2025
Teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani haqoratlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

16:00 / 24.01.2025
Avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinmoqda

13:54 / 19.12.2024