“Farosatida nuqsoni borlarni jazolash” - Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi, deputat Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirishi haqida ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Telegram’dagi kanalida yozgan.
“Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik. Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik — farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi”, — deya yozadi deputat.
Qodirov tanqidlarga ochiqligini, muloqot va muhokama vazifasi ekanligini eslatib, “ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgartirishga hissa” qo‘shmoqchiligini ta’kidlagan.
U posti so‘ngida #haqoratjazolanadi heshtegini qoldirgan.
Qodirov bu orqali aynan kimlarni nazarda tutgani noma’lum. Biroq deputat o‘zining avvalgi chiqishlaridan birida “gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi” deya yozib tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida haqorat qilish, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46 / 03.05.2025
Mavzuga oid

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

18:12 / 27.01.2025