Samarqand shahrida is gazidan 5 kishi zaharlangan va ulardan 4 nafari vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri «Maqsud Shayxzoda» mahalla fuqarolar yig‘ini, Lohutiy ko‘chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar shaxs xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi)dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan.
Oqibatda, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari kuchli zaharlanish alomatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.