Toshkentda Yaponiya ko‘magida Nevrologiya va insult markazi ochiladi

O‘zbekiston 13:24 548

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xatori Takashi sog‘liqni saqlash sohasidagi loyiha uchun 22,9 milliard iyena (147,3 million dollar) miqdoridagi iyena krediti bo‘yicha almashuv notalarini imzoladi

Mablag‘lar Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ta’minlanadi, marosimda uning prezidenti Akixiko Tanaka ishtirok etdi.

Loyiha doirasida Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, loyiha doirasida Samarqand va Buxorodagi oliy darajadagi tibbiyot muassasalariga jihozlar beriladi.

Loyihaning amalga oshirilishi yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishi, markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlash bo‘yicha bazaviy o‘quv markazi sifatidagi funksiyalarini kuchaytirishi, shuningdek, O‘zbekiston aholisi salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: