“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi.
Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo‘lganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:
- ma’muriy huquqbuzarlik E-ma’muriy ish'da ro‘yxatdan o‘tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha xulosa ijroga qaratiladi;
- har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o‘rnatiladi;
- har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o‘rnatiladi “mahalla yettiligi” va ko‘maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.
Mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi
Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda kamida bittadan “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz yo‘lak”lar tashkil qilinadi.
"Namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilgan, kriminogen vaziyati barqarorlashgan “mahalla yettiligi” va sektor rahbarlari hokimliklar tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.