Navoiyda «o‘qrayib qarash» pichoqbozlik bilan tugadi

Jamiyat 10:45 / 29.03.2021 2972

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yonma-yon harakatlanib kelgan “Malibu” avtomashinasi haydovchisi, 28 yoshli Umid X. bilan bir-biriga “nega o‘qrayib qaraysan”, deb avtomashinani chekkaga to‘xtatgan va hech bir sababsiz o‘zaro janjallashib, Umid X.ning o‘ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jaloliddin N. va Jamoliddin N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, b, v” bandi (Bezorilik, ya'ni  bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: