28 mart kuni Xorazm viloyati markazi Urganch shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga va Samarqand shahriga ilk parvozlar amalga oshirildi.
Istanbulga qatnovlar yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bo‘ladi:
- Urganch – Istanbul, uchish - 9:30*, qo‘nish - 11:50*
- Istanbul – Urganch, uchish - 13:20*, qo‘nish - 19:50*
* - mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.
Samarqand shahriga aivaqatnovlar har kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Samarqand – Urganch, uchish - 11:50, qo‘nish - 13:05
- Urganch – Samarqand, uchish - 13:55, qo‘nish - 15:05
Chiptalar narxi ekonom klass uchun 188 ming so‘m, biznes klass uchun 1 mln 324 ming so‘mdan boshlanadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi avvalroq Urganch shahridan Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.