«Vaqf» fondi Oliy mahad ustozlarini rag‘batlantirish uchun 234 mln so‘m ajratdi

Jamiyat 22:55 / 27.03.2021 5008

Diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – «Vaqf» fondining asosiy vazifalaridan, deya xabar bermoqda fond matbuot xizmati.

25 mart kuni fond rahbari Yahyo qori Abdurahmonov Toshkent Islom institutida bo‘lib, bu dargohda ta'lim berayotgan, kamida 5 yillik mehnat faoliyatiga ega, o‘quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va jamoat ishlarida faol, tajribali, fidoyi va jonkuyar, jamoaga har tomonlama namuna bo‘ladigan 15 nafar ustoz-mudarrislarni rag‘batlantirdi.

Ularga 2020-2021 o‘quv yili davomida oylik maoshga qo‘shimcha ustama haq to‘lash to‘g‘risidagi, jami 234 608 750 so‘m miqdordagi sertifikatlar taqdim etildi. 

Ushbu mablag‘lar yil davomida, oyma-oy o‘qituvchilarga 920 ming so‘mdan 2,5 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oylik maoshlariga qo‘shimcha sifatida to‘lab boriladi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: