Asakadagi maktabda o‘qituvchi ona o‘quvchi o‘g‘lini urgani tasvirlari tarqaldi. Tuman XTB munosabat bildirdi

Jamiyat 11:44 / 21.03.2021 27024

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. 

Asaka tuman xalq ta'limi bo‘limi mutasaddilarining Kun.uz muxbiriga ma'lumot berishicha, mazkur holat tumandagi 49-umumta'lim maktabida sodir bo‘lgan.

Videolavhada aks etgan voqeada maktabning boshlang‘ich sinflarda tasviriy san'at va musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lgan M.U. ushbu maktabning 4-B sinfida tahsil oladigan farzandi I.M.ni kaltaklagan. Bunga sabab o‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolgani uchun sinf rahbari Sh.Ergasheva o‘quvchini surishtirib, u darsda ishtirok etmaganini aytgani bo‘lgan, shundan keyin ona achchiq qilib o‘z farzandini urgan.

Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat qilingan.

«Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan tuman xalq ta'limi bo‘limi zaruriy choralarni ko‘rib, tegishli ishlarni olib boradi hamda jamoatchilik va ota-onalarni hamkorlikka chaqiradi», deyiladi Asaka tuman xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: