Navoiy viloyatida yil yakunigacha 285 ta lift yagona elektron boshqaruvga o‘tadi

Jamiyat 23:45 / 16.03.2021 979

Bu haqda Navoiy viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Boshqarma boshlig‘i Nuriddin Jumaniyozov 16 mart kungi matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, viloyat hududida o‘rnatilganiga 25 yildan ko‘p muddat bo‘lgan 134 ta lift bor.

2024 yilga qadar har yili 35 donadan lift almashtirib boriladi. Joriy yilda 35 ta liftni almashtirish uchun 6 milliard so‘m ajratilgan.

Hozirda bu bo‘yicha loyiha tashkiloti aniqlanib, davlat ekspertiza xulosasini olish uchun hujjatlar taqdim etilgan.

Jumaniyozovga ko‘ra, yangi o‘rnatilayotgan liftlarga elektr energiyasida uzilish bo‘lgan vaqtda to‘xtab qolmasligi uchun akumulyator qo‘yish ham ko‘zda tutilmoqda. Elektron boshqaruvga o‘tgach, liftlarni soat 23:00 dan keyin ham ishlatish choralari ko‘riladi. Ayni vaqtda ko‘p qavatli uylardagi liftlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan soat 23:00 dan keyin to‘xtatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: