Buxoro shahar bandlik markazida budjet pullari talon-toroj bo‘ldi

Jamiyat 23:31 / 16.03.2021 7772

Bosh prokuratura departamentidan xabar berishlaricha, markaz mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, o‘zlari hamda yaqin tanishlarining nomiga 5 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tashkil qilishgan.

So‘ngra ishsiz fuqarolar payvandlash, tikuvchilik va sartaroshlik kasblariga o‘qitilgani va ularga stipendiyalar tayinlangani yuzasidan hujjatlar soxtalashtirgan.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarga ajratiladigan issiqxona sellofanlari va ko‘chatlarni yetkazib bermasdan, 134,2 mln so‘m budjet mablag‘lar rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: