Angrendagi maktabda yuz bergan o‘zaro janjal oqibatida 11-sinf o‘quvchisi og‘ir jarohat oldi

Jamiyat 09:31 / 16.03.2021 7995

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Akmal N. Oybek A.ning jag‘ qismiga mushti bilan urgani oqibatida u yerga yiqilib, bosh miya yopiq sinishi, ensa suyak sinishi kabi jarohatlar olgan. 

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Akmal N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: