Hozirda texnik jihatdan tartibga solish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish mexanizmini xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirish orqali yangicha ishlash uslubiga o‘tish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Bunda, standartlarni ishlab chiqish, xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini qabul qilishda tarmoqlarda tashkil etilgan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 martdagi 220-sonli qarorida “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutiga standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.
Shunga ko‘ra, endilikda vazirlik va idoralar qoshidagi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyati 10 ta mezonlar bo‘yicha baholanib, har chorak yakuni bilan reytingi e'lon qilib boriladi.