«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: korxonada 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

Jamiyat 19:02 / 07.03.2021 5990

Insoniyat yaralibdiki, bizning sharq dunyomizda ayol – avvalo, ona siymosida, naslning davomchisi, oila o‘chog‘ining bekasi, yosh avlod tarbiyachisi, baxt-saodat va sadoqat timsoli sifatida ulug‘lanib keladi.

Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzandlarining salomatligi haqida qayg‘urish, yordamga muhtoj xotin-qizlarga muruvvat ko‘rsatish, ayolning o‘z hayotidan rozi, mamnun bo‘lib yashashi uchun imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish har qachongidan yuksak pog‘onaga ko‘tarilgan.

Bugungi kunda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilayotgan xotin-qizlar mavqeini yanada oshirish, gender tenglikni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bugun Jamiyat tarkibiy korxonalarida qariyb 2780 nafar ayol-qizlar, shundan Xorazm viloyatida 100 nafardan ortiq opa-singillarimiz mehnat qilayotgani e'tirofga loyiqdir.

6 mart kuni «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJning majlislar xonasida jamiyat rahbarlari, barcha ayol va mehmonlar ishtirokida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovich qatnashdi va ayollarni tabrikladi. Jamiyat bosh direktori Beregin Suhrob Maqsudovich yig‘ilgan ayollarni yana bir bor tabriklab bayram sovg‘alari ulashdilar.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: