Artel mahsulotlarini Yaman Respublikasiga eksport qilishni boshladi

Jamiyat 16:00 / 06.03.2021 6574

Artel eksport geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda. Kompaniyaning yangi savdo hamkori Yaman Respublikasi. Tomonlar yirik maishiy texnika hamda Artel mobil telefonlarining chet el davlatiga eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar. Yamandagi buyurtmachi kompaniya Polytron Yemen Company for Trading.

Bugungi kunda Artel mahsulotlari MDH davlatlari, Gruziya va Afg‘onistonga eksport qilinadi. Yaman Respublikasi bilan yangi hamkorlik esa sifatli va hamyonbop Artel maishiy texnikasiga bo‘lgan talab chet ellarda yildan yilga oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Yaman Respublikasiga konditsionerlar, dudburonlar, oshxona plitalari, mikroto‘lqinli pechlar va mini-pechlar, changyutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, sovitkichlar va mobil telefonlar kabi maishiy texnika yuborildi. Eksport qilingan mahsulotning umumiy miqdori 130 ming AQSh dollaridan oshiq. Umumiy eksport miqdori esa 5 million AQSh dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Artel mahsulotlari mahalliy bozorlarda katta talabga ega. Shu bilan birga Artel chet el bozorlarida ham o‘z pozitsiyalarini sezilarli darajada yaxshilamoqda. Jumladan, 2020 yilda eksport miqdori 2019 yilga qaraganda 32 foizga oshdi. Bundan tashqari Qozog‘istonda oshxona plitalari bozorida Artel ulushi 65 foizga yetdi, eksport miqdori esa rekordli 80 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bularning barchasini inobatga olib, yangi hamkorlik samarali bo‘lishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Alohida aytish lozimki, 2021 yilda Artel eksport geografiyasini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirgan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: