Xalqaro koinot stansiyasining xizmat muddati 2028 yilgacha uzaytirildi
Xalqaro koinot stansiyasining xizmat muddatini 2028 yilgacha uzaytirishga qaror qilindi. Bu haqda Rossiyaning “Energiya” korporatsiyasi vakili Yuriy Gidzenko ma'lum qildi.

Foto: Universal History Archive/ Universal Images Group via Getty Images
Uning ta'kidlashicha, stansiyada germetik yopilgan yoriqlar uning 2028 yilgacha ishlashiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Fevral oxirida Rossiyaning Parvozlarni boshqarish markazida XKSning Rossiyaga qarashli moduli korpusida 6ta yoriq bor bo‘lishi va ulardan tashqariga havo sizib chiqayotgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Jumladan, XKS ekipaji tomonidan 2020 yil oktyabrda Rossiyaga qarashli “Zvezda” moduli oraliq kamerasida 4,4-4,5 smli yoriq topilgan. Keyinroq ushbu yoriq vaqtincha yopib qo‘yilgan. 2020 yil dekabrda havo sizib chiqayotgan yana bitta joy aniqlangan.
XKSning xizmat muddati 2024 yilda poyoniga yetadi. Avvalroq stansiyaning xizmat muddati 2030 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida bir necha marotaba ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi

17:29 / 15.10.2024