Buxoroda qariyb 11 sotix yerni 23,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 19:08 / 04.03.2021 4179

Buxoroda hamshahari ishonchiga kirib, unga 10,8 sotix yerni sotishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma'lum qilishicha, u oldindan kelishilgan 23 500 dollarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Qayd etilishicha, yer Buxoro tumani hokimligi tasarrufidagi zaxira maydon bo‘lgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: