Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ularning murdalari 27 fevral kuni soat 20:50larda «Firdavsiy» MFY, Injobod ko‘chasida ijarada yashab kelgan uydan topilgan. Jami besh nafar talaba – Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda Inha universiteti 1-bosqich talabasi S.X. vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma'lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.