Qayd etilishicha, tumandagi 81 nafar fuqaroni tikuvchilik faoliyati bo‘yicha maxsus kursda o‘qitish uchun xususiy firmaga 282,4 mln so‘m ajratiladi. Biroq bu pullar xotin-qizlarning hunar o‘rganishi uchun yo‘naltirilmaydi. Jamiyat rahbari va Quyi Chirchiq tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas'ul shaxslari aslida malaka oshirmagan fuqarolar nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilishadi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi 1 va 3-qismlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma'lum qilingan.