“Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi Toshkent shahrini obodonlashtirish va sanitar holatini barqarorlashtirishga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazmoqda.
Mazkur aksiya doirasida “Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi tomonidan maishiy chiqindi uyumlari yig‘ilib qoladigan manzillar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Jamlangan ro‘yxatdagi ko‘rsatib o‘tilgan manzillarda yig‘ilgan maishiy chiqindini maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketish rejalashtirilyapti.
Korxona matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqarolardan aksiyada faol ishtirok etgan holda, chiqindi uyumlari yig‘ilib qolgan manzillar haqidagi ma'lumotlarni t.me/maxsustrans_support «Telegram» manzilida hamda Maxsustrans DUK «Feysbuk» sahifasida qoldirish so‘raladi.