Mart oyida Toshkentda yoshlarga oid keng miqyosdagi tadbir o‘tkaziladi

Jamiyat 15:31 / 26.02.2021 1851

Tadbir tashkilotchisi bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi yoshlarning bu harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 37,5 ming kvadrat metr hududda maxsus dekoratsiyalardan iborat shahar ichidagi shahar barpo etilishini ma'lum qilgan.

Tashkilotchilar yigit va qizlar uchun turfa uchrashuvlar, tanlovlar, ijodiy kechalar va sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qilishgan.

  • Besh tashabbus – bu san'at va madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf qilish, shuningdek, yoshlar bandligiga ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish.

Keng miqyosdagi tadbirda qatnashgan ishtirokchilar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lish bilan birgalikda o‘zlarini namoyon etish, ijodiy va sportdagi yutuqlarini ko‘rsatish, intellektual ringda bahsga kirishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Bu tadbir Toshkentdagi yoshlarning madaniy va sport hayoti yorqin va rang-barang bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu tadbir auditoriya qamrovi, mavzusi va taklif qilingan mehmonlar nuqtayi nazaridan yagona bo‘lishi kutilmoqda.

Yoshlar maydonchasi barcha soha mutaxassislarini birlashtiradi va bu professional sohada aloqalarni yaxshilash hamda bugungi muhokamalar kun tartibida bo‘lgan eng dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashish uchun zo‘r imkoniyat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

9 mart kuni ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: