«75 km yo‘l bosib, dars bergani boraman» - ishga har kuni poyezdda qatnovchi namanganlik muallim

Jamiyat 14:33 / 26.02.2021 37347

Qahramonimiz o‘qishni bitirib, diplom olgach, Popdan ish topolmagan. Shundan so‘ng bir tanishi tavsiyasi bilan, Namangan shahridagi 65-maktabda faoliyat boshlagan.

Hozirda bu maktabda yana bir necha poplik o‘qituvchilar dars beradi.

Munisa Meliboyeva kelgan yiliyoq unga 1-sinfni ishonib topshirishgan. Institutni endi tamomlab kelgan o‘qituvchiga 1-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda maktabdagi ustozlar ko‘maklashgan. Tirishqoqligi va o‘z ustida ishlashi sabab bugun ota-onalar unga rahmat aytadi.

Hozirda Popdan Namangan shahriga borib ishlovchilar 400 dan ziyod. Shaharda kadr yetishmasligi sababli ustozlarning ko‘pi tumanlardan kelib ishlaydi.

Qahramonimizning aytishicha, ilk kunlari qatnashga qiynalgan va shaharda kvartira ijaraga olib ishlashiga ham to‘g‘ri kelgan. Hozirda ham qish kunlari kelib-ketishda muammolarga duch kelishadi. U bir necha bor poyezdga kech qolgan.

Hozirda yosh o‘qituvchining dars yuklamasi – haftasiga 16 soat. Maoshi esa 1 mln 900 ming so‘m atrofida.

Munisa darsdan uyiga qaytishda poyezddan tushib, yana bir bekat mashinada yo‘l yuradi. Shunday bo‘lsa-da, yo‘l qiyinchiliklari bilinmasligi, o‘quvchilari va jamoasi bilan ishlash unga kuch bag‘ishlashini aytadi.

Biz yosh muallimaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz muxbiri.

Tasvirchi va montaj ustasi –
Boymirza Xalilov.

Ko‘proq yangiliklar: