SSV O‘zbekistonda Siam egizaklari tug‘ilgani haqidagi xabarni rad etdi

Jamiyat 16:26 / 24.02.2021 7963

24 fevral kuni ayrim telegram kanallarida O‘zbekistonda Siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabarda onada homiladorlik davridagi shamollash tufayli embrion hujayralarida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani va chaqaloq shu ahvolda dunyoga kelgani aytilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida vazirlikning Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mansurova bilan bog‘landi. Nilufar Mansurova ayni paytda respublikadagi birorta tug‘ruq muassasasida bunday chaqaloq tug‘ilgani qayd etilmaganini ma'lum qilgan. 

Sog‘likni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan bunday asoslanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikni so‘rab, tarmoqlar ma'murlariga aholi orasida yolg‘on va asossiz xabarlar tarqatish ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani haqida eslatib o‘tgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: