Unda aytilishicha, Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish bo‘yicha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgan.
Shuningdek, xabarda ta'kidlanishicha, «ushbu serial 2ta fasldan iborat bo‘lib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan to Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinishi» rejalashtirilgan.
Madaniyat vazirligi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, bu ma'lumot hech qanday asosga ega emas va kelishuv imzolanmagan.
«Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolg‘on ma'lumot ekanligini va bu borada vazirlik Bollivud kinoijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini ma'lum qiladi», deyiladi vazirlik munosabatida.