Joylarda sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkaziladi

Jamiyat 12:59 / 24.02.2021 2452

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov va oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan 2021 yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida murojaatchilar bilan muloqot o‘tkaziladi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Dastlabki manzil sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati belgilanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 3-6 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhi 4-6 mart kunlari Xorazm viloyatida ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:

«Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma'lum qilinadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin», deyiladi prezident xalq qabulxonasining ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: