«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy etish yanada takomillashtiriladi

Jamiyat 19:00 / 24.02.2021 3960

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 24 fevralda «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinib, ayni hujjat MHXSga o‘tishning yangi bosqichini boshlab berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qaror bilan 2021 yildan MHXSga o‘tishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlangani, unga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ham kiritilganini alohida e'tirof etib o‘tish joizdir.

Uchrashuvda, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etishni yanada takomillashtirish, xususan, 2019 hamda 2020 yillar uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvini o‘tkazish maqsadida Katta to‘rtlikka kiruvchi (Big 4) PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik kompaniyasi vakillari ishtirokida tahlil ishlari boshlab yuborilgani ta'kidlab o‘tildi.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etishni yanada takomillashtirish maqsadida «HLB Tashkent» audit tashkiloti vakillari tomonidan ham samarali ishlar olib borilmoqda.

Jamiyat boshqaruvi raisi U.Mustafoyev tashqi audit davomida tizimli kamchiliklarni aniqlash bilan bir qatorda, kadrlar salohiyatiga ham baho berilishi kerakligiga yig‘ilganlar e'tiborini qaratdi. Bundan tashqari, respublika bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlari jihatidan yirik hududlarni tilga olib, bu yerdagi korxonalar faoliyatiga ham alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: