«Dinapar» mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riqni yengishga yordam beradi

Jamiyat 20:00 / 23.02.2021 37516

«Dinapar» dorilar qatori mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lganida asab tolalarining yallig‘lanishi va sezgirligini pasaytiradi, bunda u umumiy organizmga ta'sir ko‘rsatmaydi.

Ba'zida noqulay harakat qilgan paytda mushaklardagi og‘riq tufayli g‘alati holatda qotib qolishdek yoqimsiz holat ko‘pchilikka yaxshi tanish. Bunday holat ortiqcha kuchanish, yelvizakda turib qolish va sovqotish, keskin harakat qilish hamda og‘ir yuk ko‘tarish sababli yuz berishi mumkin.

«Dinapar» preparati ham shikastlanish holatlarida (suyak chiqishi, lat yeyish, paylarning shikastlanishi), ham surunkali kasalliklarda (osteoxondrozda, artritda, artrozda, radikulitda) yordam beradi.

«Dinapar» – bu beldagi, bo‘yin qismidagi, bo‘g‘imlardagi og‘riqni yengillashtiradigan, shuningdek, pay cho‘zilishlarida va suyak chiqishlarida yordam beradigan og‘riqni qoldiruvchi vositadir. O‘z sinfiga ko‘ra u nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) sirasiga kiradi. Tabletka, gel va sprey ko‘rinishida chiqariladi. Ammo ularning orasida «Dinapar QPS» spreyi ayniqsa ajralib turadi.

Preparatning ta'sir qiluvchi moddasi diklofenak bo‘lib, u asab tolalarining yallig‘lanishi va sezgirligini sezilarli darajada pasaytiradi. Uning tarkibiga, shuningdek, yalpiz ham kiradi. Mahalliy qo‘llanganida u tomirlarni kengaytiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega bo‘lib, salqinlik hissini paydo qiladi. Preparat yaratilgan maxsus QPS texnologiyasi faol moddalarning teri orqali yaxshi kirib borishiga yordam beradi. Bu shuni anglatadiki, sprey oz vaqt ichida o‘z ta'sirini ko‘rsata boshlaydi: og‘riq 20 daqiqa ichida yo‘qoladi.

Shuningdek, «Dinapar QPS» yoqimli sovitish va mahalliy og‘riqni bartaraf qilish ta'siriga ega, kuyishga olib kelmaydi. Bu shuni anglatadiki, hatto sezuvchan teriga ega odamlar ham undan foydalanishlari mumkin.

«Dinapar QPS» spreyining asosiy afzalligi shundaki, u deyarli organizmga ta'sir qilmaydi. Axir og‘iz orqali qabul qilingan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nojo‘ya ta'sirlarga olib kelishi mumkin. Ular oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir va siydik tizimlariga toksik ta'sir ko‘rsatadi.

«Dinapar QPS» patentlangan QPS texnologiyasi tufayli davolash vositasini to‘ppa-to‘g‘ri shikastlanish o‘chog‘iga yetkazib beradi. Og‘riqni qoldirishning ushbu usuli hayotiy muhim organlarga zarar yetkazish xavfini kamaytiradi. Bu shuni anglatadiki, uni yurak, oshqozon-ichak trakti va buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ham, uchinchi trimestrgacha bo‘lgan homilador ayollar ham, qariyalar ham qo‘llashlari mumkin.

Sprey yordam berishi mumkin bo‘lgan holatlar juda ko‘p. Masalan, uni o‘zingiz bilan birga sport zaliga olib borishingiz mumkin. U juda ko‘p joy egallamaydi, agar pay cho‘zilsa yoki suyak chiqsa, u sizni yoqimsiz og‘riqdan xalos qiladi.

«Dinapar» dori vositalari qatori o‘zining butun faoliyati davomida allaqachon yetarli darajada mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Hindiston qadoqlash instituti unga «Qadoqlashning mukammalligi uchun» Indistar mukofotini topshirgan. AIOCD mukofotida «Dinapar» «Brendning bozorga eng yaxshi kirib kelishi» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

«Dinapar QPS» ning rasmiy distribyutori “Serena Pharm” farmatsevtika holdingidir.

«Dinapar QPS»:

Ishlab chiqaruvchi: Troikaa Pharmaceuticals Ltd, Hindiston. Mahsulot sertifikatlangan.

Ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi: DV/ X 05074/09/18.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qo‘llashdan oldin ko‘rsatmalarni o‘qib chiqish yoki mutaxassis maslahatini olish zarur.

Qo‘shimcha ma'lumot bu yerda:

Sayt: dynapar.uz

Facebook: fb.com/dinapar.uz

Instagram: @dynapar.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: