Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun savdo va dam olish markazining mulk egalariga maskannning afzalliklari haqida ma'lumot beradi.
Ko‘chmas mulk bo‘yicha xalqaro konsalting kompaniya Knight Frank poytaxtdagi tijorat ko‘chmas mulkiga talab sezilarli darajada o‘sishini ta'kidlamoqda. Shahar markazidagi soy bo‘yida 40 000 kvadrat metr maydonda qad rostlayotgan Seoul Mun xaridorlarga zamonaviy savdo joylarini taklif etadi. Seul ko‘chasidagi (sobiq Baynal-Minal ko‘chasi) foydali va qulay manzil soy bo‘yidagi mazkur maskanga shaharning istalgan hududidan tezda yetib kelishga imkoniyat beradi.
Maskandagi 270 dan ortiq tijorat binolari ko‘plab savdo va ko‘ngilochar muassasalarni qamrab oladi. Qulay va puxta o‘ylangan loyiha sabab bu yerda har qanday xaridlar va dam olish uchun o‘ziga xos infratuzilma yaratiladi. Tijorat obektining yuqori daromadli loyiha bo‘lishi ta'minlangan.
Seoul Mun loyihasining shubhasiz afzalligi bu uning soy bo‘yida joylashganligidir. Bu yerda har qanday ob-havo sharoitida noyob mikroiqlim bo‘ladi. Obodonlashtirilgan qirg‘oq va hududdagi yuzlab xizmat ko‘rsatish muassasalari va dam olish inshootlari bu yerga minglab mehmonlarni jalb qiladi.
Ko‘chmas mulk loyihasida xaridorlarga shift balandligi 6,5 metrgacha bo‘lgan joylar taklif etiladi. Maskandagi joylar maydoni 15 dan 1000 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Loyihaning qurilishidagi hozirgi bosqichi ma'lum maqsadlar uchun binolarni ixtisoslashtirish imkonini beradi
Savdo maydonlarini xarid qilishda qulay to‘lov shartlari mavjud. Loyiha haqida batafsil ma'lumotlarni olish uchun sizni Dream City Development sotuv ofisiga taklif etamiz.
Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: seoulmun.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida