Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Cobalt avtomobilining yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida mashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro jabrlangan. Uch kishi voqea joyida vafot etgan.
1995 yilda tug‘ilgan F.M. Nurota tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga keltirilgan. Unga bosh miya chayqalishi, o‘ng boldir o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi, ko‘z atrofi va ko‘zosti gematomasi, yuz qo‘llar va tanadagi ko‘plab shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning ahvoli og‘ir, tegishli tibbiy standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.