Har tong farzandi uyg‘onganiga shukur qilib yashayotgan onalarga madad bo‘laylik

Jamiyat 14:01 / 22.01.2021 6833

Farzandim qori bo‘lishini xohlayman

3 yoshli Muhammadali To‘raqulov 2020 yilning yozida bu kasallikka chalindi. Oilaboshi kunlik ish bilan band bo‘lib, hozirga qadar qarindosh-urug‘lari, qo‘shnilarining yordami bilan farzandini davolatayotgan oila ayni paytda moddiy tomondan qiynalib qolishgan.

“Har tongda farzandim bag‘rimda uyg‘onganiga shukur qilib yashayapman. Buyam Allohning bir sinovi ekan. Hech kimni bunday sinamasin. Bolam ulg‘ayib qori domla bo‘lishini xohlayman”,-deydi onasi Kamola.

Muhammadaliga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1875 3933 otasi Ixtiyor Rahimov nomida

Sberbank: 4276 4200 3049 7076 qarindoshi Abror Jumayev nomida

Viza: 4187 8000 0064 8147 otasi Ixtiyor Rahimov nomida

Telefon: +998998142811 (onasi)

Buxorolik Og‘abekka yordam zarur

10 yoshli Og‘abek deyarli bir yildan beri kasallik bilan kurashadi. Buxorodan Toshkentga kelib davolanish uchun Og‘abekning oila a'zolari shu paytgacha bor-budini sotishgan. Bundan buyog‘iga saxiy insonlar madadiga muhtoj bo‘lib turishibdi. Bolakay katta bo‘lsa unga muruvvat ko‘rsatgan insonlar kabi ehtiyojmandlarga yordam berishni istaydi.

Og‘abek Olimovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 8711 4942 otasi Otamurod G‘ulomov nomida

Sberbank: 5570 0050 5080 9878 qarindoshi Qahramon G‘ulomov nomida

Viza: 4097 8211 0070 9752 otasi Otamurod G‘ulomov nomida

Telefon: +9989904147673 (otasi)

 “Tuzalsam, tikuv sexi ochaman”

Buxorolik Baxshadoy turmushga chiqib hayotning eng shirin pallalarini boshdan kechirayotgan davrida unga oqqon tashxisi qo‘yilgan. Dardga chalingani bir zarba bo‘lgan bo‘lsa, vujudida kasallik oqibatida homilasi nobud bo‘lishi ikki zarba bo‘ldi. Ayni paytda undan faqat ota-onasi xabar olishadi. Turmush o‘rtog‘i biror marta yo‘qlab kelmagan. Ustma-ust zarbalardan esankiragan bo‘lsa-da, hali hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. “Tuzalsam, kredit olib tikuv sexi ochaman. Tuzalishim uchun saxovatpeshalardan yordam so‘rayman. Alloh rozi bo‘lsin barchangizdan”,- deydi u.

Baxshadoy Hojiyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 8059 3837 otasi Jahongir Hojiyev nomida

Sberbank: 5469 1100 1378 5639 qarindoshi Javlon Hojiyev nomida

Viza: 4097 8211 0071 0859 otasi Jahongir Hojiyev nomida

Telefon: +998916486282 (otasi)

Ignalardan zada bo‘lgan qo‘lchalar...

Sirdaryodan kelgan Asilbekning jajji qo‘lchalari ninalardan zada bo‘lgan. Bir joyda o‘tirishni istamaydigan bolajonni oyoqlari og‘rib yura olmay qolgach bu yerga kelishgan va shundan beri oqqondan xalos bo‘lish uchun harakat qilmoqda. Onasi Bibizulfiyaning aytishicha, 3 yoshli 2020 yilning sentyabrida o‘g‘liga o‘tkir leykoz (oqqon) tashxisi qo‘yilgan.

Asilbek Sayitaliyevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1478 7869 otasi Rahimjon Mirzaliyev nomida

Sberbank: 4276 3801 9717 1585 tog‘asi Nurmuhammad Jo‘raboyev nomida

Viza: 4790 9122 1004 3305 onasi Bibizulfiya Mirzaliyeva nomida

Telefon: +998997692291 (otasi)

Aziz saxovatli yurtdoshlar! E'tibor bergan bo‘lsangiz, bemor bolajonlarning barchasi bir narsani – tuzalib kelgusida sizlar kabi muruvvatli inson bo‘lishni istashadi. Barchasi bir dunyo orzular bilan yashashadi. Ularning umidlari armonga aylanmasin.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Ko‘proq yangiliklar: