2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida ishsiz aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilishga qaratilgan choralar nazarda tutilgan.
Loyihada tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, ayniqsa «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.
Ijrochilar – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi. Bajarish muddati – 2021 yil 20 mart.