Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi avtomobillar qatnovi uchun yopilmoqda 

Jamiyat 15:51 / 19.01.2021 2237

Qayd etilishicha, bu yo‘llarni ta'mirlash ishlarini jadallashtirish, ishlarni tezroq yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shohko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning bir tarafi, ya'ni 7-son (oldingi 17-son) shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi yo‘nalishidagi (“Universam”) qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun to‘liq yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: