2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida ma'muriy jazolar miqdorini ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib maqbullashtirish nazarda tutilmoqda.
Loyihada Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud va Ichki ishlar vazirligiga ma'muriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish bo‘yicha alohida qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.
Shuningdek, qonun loyihasida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan jazo miqdorlarini huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, jarima tarzidagi ma'muriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, ma'muriy ogohlantirish qo‘llash amaliyotini takomillashtirish vazifasi ham belgilab qo‘yilgan.