Loyihaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqiladi.
Shuningdek:
- aniq indikatorlarni o‘zida aks etiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari belgilash va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplayens-nazorat») huquqiy asoslarini yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning vositalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.