Urgutdagi poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 15:40 / 11.01.2021 4768

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, yong‘in oqibatida binoning taxminan 250 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida yong‘in soat 11:40da o‘rab olinib, 13:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, yong‘indan korxonaning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. 

Ushbu holatdan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: