Kun.uz'ga taqdim etilgan rasmiy xabarga ko‘ra, tadbir davomida Shahrixonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasi moddiy-texnik ta'minoti bo‘limi mutaxassisi Sh.M. fuqaroga Shahrixonsoy kanalining Asaka tumanidan oqib o‘tuvchi qismidagi muhofaza hududidan chorvachilik uchun 0,06 ga yer maydoni ajratib berish evaziga 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Shahrixonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i A.Sh. ushbu pullarni Sh.M.dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi, Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergov jarayoni ketmoqda, deyiladi ma'lumotda.