«Andijon suv ta'minoti» kompaniyasi ushbu nosozlik oqibatida 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berishda uzilish yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shu munosabat bilan, kompaniya Andijon shahri aholisidan uzr so‘ragan holda, ularni ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishga chaqirgan.
«Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda va nosozlikni bartaraf etish uchun shu yilning 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berish ta'minotida uzilish yuzaga kelishi mumkin. Nosozlikni bartaraf etish jarayonida Andijon shahriga Jalaquduq tumanida joylashgan «Paxtakor» yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, 20 dona maxsus suv tashish transport vositalari xizmatga shay holatga keltirildi.
«Andijon suv ta'minoti» MChJ Andijon shahri aholisidan ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishlarini so‘ragan holda, yuzaga kelgan holat yuzasidan uzr so‘raydi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan xabarda.